Ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue dekabr oyida ringga qaytadi.
U 24 dekabr kuni Tokio shahrida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida avstraliyalik daʼvogar Sem Gudmandan IBF chempionlik kamarini himoya qilishga urinib ko‘radi.
Inouening WBA kamariga majburiy daʼvogar bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning esa dekabr oyida WBA Interim kamari uchun jang qilishi aytilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112407 | Инструменты