Huawei 1
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi

“Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-367-son, 17.10.2024 y) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-noyabrdan:

  • xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari haqidagi barcha ma'lumotlar Migratsiya agentligining elektron platformasi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq e'lon qilib boriladi;
  • Agentlikning elektron platformasida fuqarolarga o'zining rezyumesini shakllantirish va joylashtirish hamda e'lon qilingan ish o'rinlari bo'yicha tanlovlarda erkin ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
  • vaqtincha mehnat faoliyatiga chiqib ketayotgan fuqarolarga Migratsiya jamg'armasi hisobidan 10 million so'mgacha ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi;
  • fuqarolarning xorijda ishga joylashishi va “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha bepul konsalting xizmatlari ko'rsatiladi.

2024-yil 1-dekabrdan:  

  • Agentlik tomonidan ta'lim tashkilotlarida xorijga ishga ketmoqchi bo'lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o'qitish bo'yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi;
  • xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablag'lar miqdori BHMning 8500 baravaridan 4000 baravarigacha tushiriladi.

2026-yil 1-yanvargacha Agentlikning fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlash, xorijga ishga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog'liq funksiyalari bosqichma-bosqich xususiy bandlik agentliklariga o'tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102423 | Инструменты