Huawei 1
O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, vafot etganlar soni ko‘paydi

Mamlakatda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida tug‘ilganlar soni o‘tgan yil mos davridagidan kamaydi, vafot etganlar esa ko‘paydi. Bu haqda Statistika agentligi tahlilida keltirilgan.

Joriy yil 1-oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 million 355 ming kishidan oshdi. Shundan erkaklar soni 18,8 million, ayollar 18,5 million nafardan ko‘proq. Mamlakat shaharlarida 19 million, qishloqlarida 18,3 million kishi yashamoqda.

Yanvar–sentyabr oylarida respublikada 693,9 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan. Taqqoslash uchun, 2023-yilning mos davrida tug‘ilishlar soni 716,9 mingtani tashkil etgan.

2024-yilning 9 oyi davomida mamlakatda 131,7 ming odam vafot etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 129,7 ming inson hayotdan ko‘z yumgan.

Doimiy aholi sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatida — 4,3 million kishiga yaqinlashgan. Shu bilan birga, Farg‘ona (4,1 million kishi) va Qashqadaryo (3,6 million kishi) viloyatlarida qolgan hududlarga qaraganda ko‘p aholi istiqomad qilmoqda.

Eng kam aholi yashayotgan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib qolmoqda—926,7 ming nafar. Shuningdek, Navoiy viloyati aholisi ham (1,1 million kishi) eng kam ulushni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktyabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,2 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ko‘p. Hududlar bo‘yicha aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (6 909,6 kishi), Andijon (801,3 kishi), Farg‘ona (610,0 kishi) viloyatlarida qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati (9,8 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (12,1 kishi) to‘g‘ri kelgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102423 | Инструменты