Huawei 1
Belgilangan tezlikdan 10 km/soat chegirib, so‘ng jarima qo‘llash rejalashtirilyapti

Qonunchilik palatasiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi kiritildi.

Mazkur qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritildi, deya xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi bilan tezlik bilan bog‘liq qoidabuzarliklar bo‘yicha radar va spidometrlar ko‘rsatkichlari xatolaridan kelib chiqib, qayd etilgan tezlikdan 10 km/soat chegirib tashlangan holda ma’muriy jazo qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.

Bugungi kunda amaliyotda tezlikni o‘lchaydigan maxsus uskunalar va transport vositalari spidometrlari ko‘rsatkichlaridagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan jami xatolar hisobga olinib, ular qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr chegirib tashlangan holda, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanib kelinmoqda.

Masalan, harakatlanish tezligi 60 km/soat belgilangan hududda radar tomonidan 69 km/soat tezlik bilan harakatlangan deb topilgan haydovchiga ehtimoliy xatolik bilan 64 km/soat (–5 km/soat) tezlik uchun jarima qo‘llaniladi.

Belgilanayotgan qoidalar bu kabi holatlarning oldini olishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31523 | Инструменты