Prezidentning farmoniga asosan “Bildirsoy oromgohi” dam olish maskani, kanat yoʻli bilan birga ommaviy savdolar orqali “Ulkan Mulk” MCHJ tomonidan 107 milliard soʻm xarid qiymatida sotib olingan.
Hozirda mazkur korxona tomonidan 100 gektarlik yer maydonida “Togʻ kurorti va dam olish maskani” loyihasini amalga oshirish maqsadida eski binolar buzilib, qurilish ishlari boshlangan.
Birinchi bosqichda 4,5 million dollar investitsiya kiritilib, mazkur majmua hududida zamonaviy besh yulduzli mehmonxona, ochiq va yopiq hovuzlar. sport maydonlari boʻladi. 2,5 km. dor yoʻli quriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121816 | Инструменты