Huawei 1
Binolardagi mozaikalar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shildi

Vazirlar Mahkamasining 25-martdagi qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o'tamiz, 2023-yil avgust oyida Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspertlik kengashi tomonidan 161 ta mozaika va pannolar ro‘yxati milliy ro‘yxatga kiritish uchun tasdiqlangandi.

Qarorda reyestrni to‘ldirishdan ko‘zlangan maqsad mozaika, panno va tasviriy san’at asarlarini har tomonlama o‘rganish, asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, ularning mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirishdan iborat ekani yozilgan.

Ro‘yxatdagi mozaikalar davlat kadastriga kiritiladi. obyektlarning kadastr hujjatlariga ularning madaniy qiymati borligi to‘g‘risidagi yozuv qo‘shiladi.

Bundan buyon ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud binolarda, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligi bilan kelishilishi kerak.

Ro‘yxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toshkentda joylashgan. Shuningdek, unda Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va bir qancha tumanlardagi mozaikalar mavjud.

Jamoatchilik va faollar ko‘p yillar davomida binolardagi mozaikalarni saqlab qolish uchun kurashib kelmoqda. Birgina Toshkent shahrida so‘nggi yillarda ta’mirlash ishlari davomida turar-joy binolaridagi ko‘plab mozaikalar bo‘yalgan. Ko‘p qavatli binolardagi ko‘plab mozaikalar ulkan reklama bannerlari bilan qoplangan.

Eslatib o'tamiz, 2022-yilda hudud aholisining noroziligi poytaxt hokimligi yaqinidagi bir nechta binolarda mozaikalar bo‘yalishini to‘xtatib qolgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты