1 noyabr kuni bir odam o‘zini yuk mashinasining tagiga tashlab joniga qasd qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Ushbu holat 2024 yil 27 oktyabr kuni soat 12:30 atrofida Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Amirobod” mahallasidan o‘tuvchi yo‘lida sodir bo‘lgani maʼlum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashagan 1983 yilda tug‘ilgan ruhiy kasal A.B. Samarqand-Buxoro yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro Yu.Y. boshqaruvida bo‘lgan MAN yuk avtomashinasi ostiga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan. Ushbu holat natijasida A.B. yuk avtomashinasi bosib ketishi oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, marxum A.B.ga nisbatan sud tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110121 | Инструменты