Mazkur 15 ta loyihaning umimiy qiymati 3 milliard 600 million dollar. Ularning natijasida 7 mingdan ortiq ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega bo'lgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimini yaratish universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev ko‘p millatli xalqimizga saylovlarda yuksak siyosiy madaniyat va faollik ko‘rsatib, fuqarolik burchini masʼuliyat bilan ado etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, xalq vakili degan yuksak maqomga ega bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabrikladi.
Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida Navoiy bobomizga atab yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etiladi. Quriladigan Yangi O‘zbekiston bog‘ida Alisher Navoiyga bag‘ishlab memorial muzey tashkil etiladi.
Prezidentning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining 75 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
So‘nggi yetti yilda Navoiyda 8 milliard dollarlik 6,5 mingta loyiha ishga tushib, 27 trillion so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratildi.
Asosiy ssenariyga ko‘ra, MB inflyatsiya yil oxirida kutilayotgan 9,5 foizdan 2025 yilda 6−7 foizgacha pasayishini kutmoqda. Markaziy bank raisining so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich apreldan boshlab yana ko‘tariladigan energiya resurslari narxining oshishini hisobga oladi.
Bu suv bo‘ylarida zamonaviy savdo va servis obyektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi bo‘ladi.
U kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Tergovga qadar tekshiruv davomida yigitga olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Har yili 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urug‘larni sepish hamda 50 ming aholiga bo‘lib berish vazifasi qo‘yildi.
Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.
9 oyda o‘zbekistonliklar 3577 ta “chiroyli” mobil telefon raqamlarni sotib olishgan. Ularning umumiy qiymati 14,6 mlrd so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p bo‘lgan.
"Biz valyuta kursi bo‘yicha prognoz bermaymiz, lekin valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga taʼsirini o‘rganamiz. Oxirgi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3-0,4 foiz taʼsir ko‘rsatishi mumkin", - deya ta'kidladi MB raisi.
Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik (2023-yil oktyabr oyiga nisbatan) o‘sish darajasi 10,2 % ga yetgan.
Bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi yil boshiga nisbatan 6,8%dan 5,8%ga kamaygan. Hozirda ishsiz aholi soni 876 ming nafarni tashkil etmoqda.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qonun yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek yer qa'ridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog'ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110121 | Инструменты