O'zbekiston elchixonasi ko'magida Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va BMTning Loyihalarga xizmat ko'rsatish vakolatxonasi (UNOPS) ijrochi direktori yordamchisi Kristine Damkyayer o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil qilindi.Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov mamlakat farmatsevtika bozori, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati va xalqaro tashkilotlar bilan o'rnatilgan hamkorlik haqida batafsil so'zlab berdi.
UNOPS direktorining yordamchisi Kristine Damkyayer tashkilot O'zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan farmatsevtika mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatlarini o'rganayotganini bildirdi.
Tomonlar o'zaro hamkorlikni davom ettirish va mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqarish bo'yicha istiqbolli yo'nalishlarni o'rganish yuzasidan kelishib oldilar.
UNOPS – BMTning ixtisoslashgan agentligi bo'lib, infratuzilma, sog'liqni saqlash, xaridlar va loyihalarni boshqarish sohalarida global miqyosda faoliyat yuritadi. Tashkilot sog'liqni saqlash sektorida barqaror va samarali yechimlarni yaratish maqsadida davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22519 | Инструменты