Huawei 1
Bo‘stonliqdagi tog‘larda adashib qolgan 4 kishi qutqarildi

19-iyun kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumanidagi “Kichik Oqsoy” tog‘iga sayr qilish maqsadida borgan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolganligi va ularga yordam zarurligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar “Kichik Oqsoy” tog‘ining, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda ekanliklari aniqlanib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты