Huawei 1
Bo‘stonliqqa olib boruvchi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

Joriy yilning 4-5-mart kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosport bo‘yicha sport ustasi “V. Iskandarov” xotirasiga bag‘ishlangan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan 4-mart kuni soat 10-00 dan 14-00 ga qadar D012 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 54 kilometrlari (Oqsoqota mfy “Fayz” kafesi) oralig‘ida,

5-mart kuni soat 10-00 dan 14-00 ga qadar D012 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 km (Chirchiq shaharga kirish “platina”)dan boshlab 66 kilometrlari (G‘alabasoy aholi yashash joyiga burilish “IBR” AYOQSH) oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi.

Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqorolar Chirchiq shahri yohud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30413 | Инструменты