Huawei 1
O‘zbekistonda bir oyda 1,1 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarildi

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025 yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,1 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan. 

Mazkur ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 366 tonnaga oshgan.

Shaftoli sharbati ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yillarning mos davrida quyidagicha:

2023 yil – 501,5 tonna;

2024 yil – 719,1 tonna;

2025 yil – 1 085,1 tonna. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin yanvarda energiya ishlab chiqarish pasayishi fonida sanoat o‘sishi sekinlashgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30415 | Инструменты