Huawei 1
Andijonda elektr energiyasidan nooqilona va samarasiz foydalanib kelgan MCHJga nisbatan iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi

“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Shahrixon tumani "Qurg'oncha'" MFYda joylashgan “A. M.”  MCHJ  belgilangan muddatlarda majburiy energetika tekshiruvlarini o‘tkazmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 940-sonli Qonunining 48-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 9,7 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Ma'lumot uchun, yiliga 500 va undan ortiq tonna shartli yoqilg‘ini va (yoki) 250 va undan ortiq tonna motor yoqilg‘isini sarflaydigan yoqilg‘i-energetika resurslari isteʼmolchilari tomonidan belgilangan muddatlarda majburiy energetika tekshiruvlarini o‘tkazmaslik yoki ular tomonidan majburiy energetika tekshiruvlari natijasida belgilangan chora-tadbirlarni bajarmaslik — o‘rtacha oylik energiya isteʼmoli qiymatining uch foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22417 | Инструменты