Huawei 1
Farg'onada Niderlandiya lolasini yetishtirayotgan oila 150 mln so‘mdan ziyod daromad olmoqda

Bag‘dodda gidroponika usulida Niderlandiya lolasi yetishtirilmoqda. Tumandagi “Irg‘oli” MFYdagi Doribuloq ko‘chasida istiqomat qiluvchi Shuhratjon Xursanov xonadonidagi issiqxonada Niderlandiya lolasini parvarishlashni yo‘lga qo‘ygan.

O‘tgan 2024-yili ham lola yetishtirgan Shuhratjonning ta’kidlashicha, hovli o‘rtasidagi 2 sotixli issiqxonaga Niderlandiya lolasi piyozini chetdan olib keladi va yetishtirish, qadoqlash, sotish malakasi bu yil ancha oshgan. 150 mln so‘mdan ziyod daromad olmoqda.

- Shu kunlarda dastlabki hosilni yig‘ishtirib olib, xorijga eksport qilishni boshladik. Hozirda ushbu faoliyatni rivojlantirish uchun yangi biznes-reja tayyorlayapmiz, - deydi issiqxona egasi.

Niderlandiyadan keltirilgan lola piyozchalarini gidroponika usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu usulda urug‘ tuproqqa emas, suvga ekiladi hamda uzoq masofalarga tashishga yaroqli bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30415 | Инструменты