Huawei 1
Bogʻcha direktorlari uchun oʻrinbosarlar, 20 foizlik ustama, mobil malaka oshirish xizmatlari va imtiyozlar

Prezidentning “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra:

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

- maktabga tayyorlov guruhlarini bitirgan bolalarga ularning rivojlanish xaritasi asosida bir yillik maktabga tayyorlovdan oʻtganlik haqida elektron sertifikat berish tartibi yoʻlga qoʻyiladi.

2025-yil 1-avgustga qadar:

- maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi hamda maktabga tayyorlov guruhlari va boshlangʻich taʼlim oʻquv dasturlari oʻzaro uzviyligi va muvofiqligi taʼminlanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

- maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-metodist lavozimi negizida amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi;

- barcha tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

- tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor oʻrinbosarlaridan malakali trenerlar guruhi shakllantiriladi;

- trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi.

2025-yil 1-martdan boshlab:

tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari (4 ta auditoriya koʻrinishidagi avtobuslar negizida) joriy etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

- tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlim guruhlari ochiladi.

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

- davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi;

- davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha taʼlim yo‘nalishining sirtqi va kechki taʼlim shakli bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi va ularga maktabgacha taʻlim yoʻnalishida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

2024-yil 1-oktabrdan boshlab:

- jismoniy shaxs bir paytning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlash amaliyoti joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

- qamrov darajasi past boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.  

Shuningdek, ushbu Farmon asosida:

Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maktabgacha taʻlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari ham ragʻbatlantiriladi;

- davlat oliy taʻlim muassasalariga ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100319 | Инструменты