Huawei 1
Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Bojxona qo‘mitasi Raisining 2024 yil 5 oktyabrdagi buyrug‘i asosan bojxona xizmati podpolkovnigi Tangriyev Husen Shodiyevich Bojxona qo‘mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Husen Tangriyev Bojxona qo‘mitasida, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida va Toshkent shahar bojxona boshqarmasida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar yo‘nalishida faoliyat olib borgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100823 | Инструменты