Huawei 1
Bolalar milliy tibbiyot markazidagi narxlar boshqa joylarga qaraganda haqiqatan qimmatmi?

Internetda “Milliy bolalar tibbiyot markazi xizmatlari narxlari xususiy tibbiyot muassasalari narxlariga qaraganda ikki barobar qimmat”, mazmundagi maqola chop etildi. Ushbu maqola yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi surishtirub ishlarini olib bordi.

Qo'mitaning fikricha, milliy bolalar tibbiyot markazi to‘g‘risida gapirganda ushbu markazni boshqa xususiy tibbiyot markazlari bilan solishtirishning o‘zi noto‘g‘ri.

Chunki Milliy bolalar tibbiyot markazi nafaqat respublikadagi eng katta tibbiyot markazlaridan biri, balki Markaziy Osiyoda yagona 4-darajadagi bolalar tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Mazkur markaz qurilishiga $100 mlndan ortiq mablag‘ sarflangan bo‘lib, tibbiyot va ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlari asosida jihozlangan.

Markazda ba'zi turdagi xizmat to'lovlarining qimmatligiga u yerdagi yuqori malakali xodimlarga beriladigan oylik maoshi yuqoriligi va shunga yarasha xarajatlar ham ko'pligi sabab qilib ko'rsatilgan. 

Shuningdek, ushbu markaz ijtimoiy soliq to‘lovi stavkasi uchun 25% to'laydi. Boshqa xususiy tibbiyot muassasalari esa 12% to'laydi. Shuning uchun boshqa muassasalar narxlariga nisbatan farqlanadi.

Quyidagi suratda bolalar Milliy markazining bir nechta xizmatlari uchun belgilangan narxlarni boshqa tibbiy tashkilotlar bilan farqlari keltirilgan:

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51908 | Инструменты