O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni oldi
O‘zbekiston merganlari “Eng ilg‘or merganlar jamoasi” V xalqaro musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xitoy kompaniyasi Surxondaryo viloyatida avtomobil zavodi qurishni taklif qildi
Dongfeng Motor Group kompaniyasining sho‘ba korxonasi o‘zining elektr furgonlari va kichik yuk mashinalarining yangi modellarini namoyish etdi.
Toshkent viloyatida 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
Ulardan biri ichki ishlar idoralaridan bo‘shatilib, so‘ng ishga qayta tiklangan xodim bo‘lgan.
Maktablar va bog‘chalar oldida tezlik soatiga 30 km bilan cheklanadi
Ichki ishlar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrga qadar maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari atrofida harakat tezligini soatiga 30 km bilan cheklashni belgilaydigan yo‘l belgilari hamda bu talabga rioya etilishini nazorat qiluvchi maxsus texnika vositalarini o‘rnatadi.
Maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq o‘tkazilmaydimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir voyaga yetmagan qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.
UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Bu Nursulton Ro‘ziboyev uchun UFC’dagi beshinchi jang hisoblanadi. U bungacha 4 marta oktagonga chiqib, 3 ta g‘alaba hamda 1 marta esa mag‘lubiyat qayd etgan edi.
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti Batir Xalmuratovning fikriga ko‘ra, Toshkentda chang bo‘ronining yuzaga kelishiga bir nechta omillar sabab bo‘lgan. Eng asosiy sabab — salqin shimoliy havo oqimi va janubdan kirib kelayotgan issiq havo massasining to‘qnashuvi, bosimning noodatiy ortishi va keskin shamol kuchayishidir.
Namanganda bir kunda minglab yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi
YHXX xodimlari Namangan viloyatida o‘tkazgan reydlarda bir kunda 2 mingdan ortiq qo‘pol yo‘l harakati qoidabuzarliklarini aniqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51902 | Инструменты