Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga zaharli ilonlar bilan tomosha ko‘rsatilganligi aks etgan video tarqaldi.
Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Videoda maktabgacha talim muassasasida tarbiyalanuvchilarga hozirda noyob, Qizil kitobga kiritilgan O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilganligi va bunda bog‘cha ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik choralari ta’minlanmaganligi aks etgan.
Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir bo‘lganligini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, buning natijasida vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12017 | Инструменты