Huawei 1
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi oshiriladi

Vazirlar Mahkamasida 12-fevral kuni “2025−2026-yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025−2026-yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 3−7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:

  • aholining yashash darajasi va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan (kambag‘al oilalar kam bo‘lgan) mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar;
  • olis va chekka (tuman va shaharlar markazida joylashmagan) mahallalarda oilaviy nodavlat bog‘chalar;
  • aholining to‘lov qobiliyati past (kambag‘al oilalar nisbatan ko‘p bo‘lgan) hamda demografik o‘sish darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalar;
  • ijtimoiy soha muassasalarining bo‘sh binolarida qisqa muddatli guruhlar.

2025-yil yakunigacha kambag‘al oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21300 | Инструменты