2023 yil dekabr oyida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ravshan Kabulov rahbarlik qilayotgan Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxonaning 4 ta isitish qozonini 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 18 oktyabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olib, tuman gaz taʼminoti idorasi bilan shartnoma tuzmay, gaz hisoblagichni gaz idorasidan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va alohida hisob-raqam ochmasdan, gaz hisoblagichga o‘rnatilgan tamg‘ani gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida tashqi taʼsir aralashuvida uzishga erishib, jami 907.558 kub metr miqdoridagi 344 mln. 872 ming so‘mlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2023 yil 22 dekabr kuni R.Kabulovga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilingan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2024 yil 27 mart kungi hukmiga ko‘ra, R.Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, shartli ravishda 1 yil sinov muddati belgilangan.
Jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln 872 ming so‘mlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali foydasiga undirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты