Huawei 1
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov

20 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda tadbirkor Zafar Hoshimov mahsulotlarning tannarxini arzonlashtirish uchun nima qilish kerakligi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Tannarxni tushiradigan narsa soliqdan yoki to‘lovlardan qochish emas. Tannarxni tushiradigan narsa kengayish, hajmni oshirish. Soliqdan qochadiganlar “ob’yom”ini ko‘paytira olmaydi, chunki parallel hisob qilish kerak, uni aldash kerak, buni berkitish kerak. O‘zi o‘zini girdobga olib kiradi.

Biz raqobatdan qo‘rqmayapmiz. Mana, Toshkentga Fransiyaning Carrefour tarmog‘i, Qozog‘istonning eng katta Magnum tarmog‘i kirdi, sindirib qo‘ymadi. Chunki biz kengayganimiz hisobiga unumdorligimiz ustida ishlay olamiz”, dedi Zafar Hoshimov.

Davlat rahbari ham har bir sohada tannarxni tushirish muhimligini, O‘zbekiston sharoitida barcha tadbirkorlarda bu bo‘yicha juda katta imkoniyat borligini ta’kidlab o‘tdi.

“Agar tannarx bilan yilma yil o‘zingiz hisob-kitob qilsangiz, raqobatga bardosh bera olasizlar. Biz chegarani yopib qo‘ysak, hech qachon o‘zgarish bo‘lmaydi, valuta ham kelmaydi, barqarorlik ham bo‘lmaydi. Men o‘ylayman, Zafar, to‘g‘ri masalani ko‘tardingiz. Halol ishlamagan tadbirkorlar bizning ham, sizlarning ham oyoqlaringizga kishan bo‘ladi. Mahsulotlaringiz raqobatbardosh bo‘lmaydi, konvert ko‘tarib yurilaverilsa. Qachongacha bo‘ladi bu? Biz raqobatga tayyor, ochiq siyosat yurityapmiz”, – dedi prezident.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты