2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari talabalarining 50 foiz miqdoridagi kontraktining to‘lash muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Davlat qabul komissiyasining tegishli bayonida keltirilgan.
Unga ko‘ra, joriy o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024 yil 31 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi:
Bu faqat 2024/2025 o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchun amal qiladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты