Huawei 1
Botir Zohidov: 2025-yilda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni aniqlash mezonining yangi tizimi joriy etiladi

Kambag‘allikni aniqlash hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha iqtisodiyotning o‘zgarishiga qarab, yangi yondashuvlar joriy etiladi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov "Ijtimoiy xizmatlarning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni: Barqaror rivojlanish sari yo‘l" mavzusidagi xalqaro davra suhbatidagi maʼruzasida aytib o‘tdi.

Minimal isteʼmol xarajatlarini hisoblashning amaldagi usulida kambag‘al aholining turmushida pul bilan aks etmaydigan ko‘rsatkichlari to‘liq inobatga olinmaydi.

Shundan kelib chiqib, 2025 yilda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni aniqlash mezonining yangi tizimi joriy etiladi.

Bunda, kambag‘allik faqatgina daromad yoki isteʼmol bilan belgilanmaydi, balki, taʼlim, tibbiy xizmat va fuqarolarning boshqa kundalik hayotiga taʼsir qiladigan mezonlar qamrab olinadi", - deya ta'kidladi vazir. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты