Huawei 1
Budapeshtda O'zbekiston energetika sohasi uchun zamonaviy uskunalarni Vengriya kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqariladi

O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning "GANZ KK" kompaniyasi bosh direktori Gergyo Sabo bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog'ida O'zbekiston energetika tizimi uchun zamonaviy asbob-uskunalarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari joriy oktyabr oyida Qo'qon shahrida bo'lib o'tadigan biznes-forumga kompaniya vakillarining ishtirokini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Gergyo Saboning aytishicha, kompaniya o'z faoliyatini kengaytirish bilan bir qatorda, xalqaro hamkorlikka ham alohida e'tibor qaratmoqda. 

"O'zbekiston yangi bozorligini e'tiborga olgan holda, birinchi bosqich sifatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabni o'rganish zarur va keyingi bosqichda esa respublika hududlarida to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hisobiga o'zbek sheriklar bilan birgalikda qo'shma korxona tashkil etish imkoniyati mavjud", - dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты