"Toshshahartransxizmat" xabariga ko'ra, noqulay ob-havo sharoitida avtomobillarining yo‘llarda harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlari cho'zilishi mumkin.
Shuningdek, bugun poytaxtda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgani sababli, barcha haydovchilardan tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlari, piyodalar esa yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlari so'ralmoqda.
Shu bilan birga, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarda, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslik, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlari ta'kidlanmoqda.
"O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligini o‘ylagan holda yo‘l-harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni so‘raymiz!"-deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13107 | Инструменты