Bugun yurtimizdagi 10 mingdan oshiq maktablarda birinchi qo'ng'iroq chalindi
Bugun 6 sentyabr kuni O'zbekistondagi 10 083 ta umumta'lim maktabida an'anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo'ygan bo'lib, ularga 12 turdagi o'quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg'alari topshirildi.
Joriy yilda “Birinchi qo'ng'iroq” tadbirlari “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo'lib, unda maktablarning ko'zga ko'ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi.
“Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o'quvchilarga so'zlab beriladi.
Shuningdek, parallel ravishda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali ham ma'lum sabablarga ko'ra maktabga bora olmagan bolalar uchun uydan ta'lim olishga imkoniyat yaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60714 | Инструменты