Huawei 1
Bugundan ko'plab savdo va xizmat ko'rsatish nuqtalari QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Aytishlaricha, Davlat soliq qo‘mitasi to‘lov tizimlaridan joyida to‘lovlar, QR-kod orqali to‘lov, Telegram kanallarida to‘lov – barcha to‘lovlarni fiskallashtirishni talab qilgan.

Natijada bugundan ko'plab savdo va xizmat ko'rsatish nuqtalari yuqoridagi shakllarda onlayn to‘lov qabul qilishni to‘xtatgan.

Misol uchun Korzinka supermarketlar tarmog'i Payme va Click orqali to‘lovlar vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida o’z mijozlarini ogohlantirdi

“Do‘stlar, to‘lov tizimlarida texnik ishlar o‘tkazilayotganligi sababli Payme va CLICK orqali to‘lovlar qabul qilinishi vaqtinchalik to‘xtatildi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Payme to’lov tizimi ushbu to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha texnik ishlar olib borilayotgani sababli vaqtincha ishlamayotgani haqida xabar berdi

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 1-noyabrdan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan onlayn kassa mashinalari, to‘lov tashkilotlari va fiskal ma’lumotlar operatori o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik sxemasi kuchga kirgan. Tasdiqlangan o‘zaro hamkorlik sxemasidan chetga og'ishlar soliq organlari tomonidan sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi.

“Hurmatli foydalanuvchilar, profilaktika ishlari munosabati bilan ba'zi hamkorlarimizga to'lovni amalga oshirish imkoni vaqtinchalik mavjud emas”, - deyiladi O’zbekistondagi yana bir yirik to’lov tizimi – Click’ning rasmiy saytida.

Shu o’rinda Davletovning aytishicha, QR-kod to‘lovlar tadbirkorlar uchun elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun eng arzon imkoniyat edi.

“Chunki hech qanday xarajatga olib kelmagan - to‘lov tizimiga ulanib, printerda QR-kodni chiqarib qo‘yib, naqdsiz to‘lovlarni qabul qilsa bo‘lardi. Naqd puldan qochish uchun yaxshi imkoniyat edi, endi yana tadbirkorga ortiqcha xarajat, isteʼmolchiga jabr”, - deb yozadi bloger.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81502 | Инструменты