Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2025-yil boshidan Ai-80 benzinini ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtata boshlaydi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Odil Temirov 14-may kuni Toshkentda o‘tkazilgan Energetika haftaligi doirasida Gazeta.uz‘ga maʼlum qildi.
“O‘zbekneftgaz” vakili Fransiyaning Axens kompaniyasi bilan parallel ravishda loyihalashtirish ishlarini olib borish uchun uning texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha litsenziya shartnomasi ustida ish boshlanganini ham aytib o‘tgan.
"Ular asosiy loyihani sentyabrgacha yakunlashlari kerak. Bunga parallel ravishda biz Xitoyning CNPC (China National Petroleum Corporation, bosh pudratchi sifatida tanlangan) bo‘linmasi bilan ishlayapmiz, tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. AI-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechish ishlarini olib bormoqdamiz. Noyabr-dekabr oylarida AI-80 o‘rniga AI-91, AI-92 ishlab chiqarishni boshlaymiz, 2025 yil boshidan to‘laqonli voz kechish boshlanadi", - degan Odil Temirov.
Maʼlum qilinishicha, ayni paytda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 85 foizi AI-80, qolgan 15 foizi esa AI-92 benzinidir. Noyabr oyidan boshlab bu nisbat o‘zgara boshlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты