Buxoro viloyatining Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yilda tug‘ilgan bolaning tomoq qismidan 2 dona tanga olib tashlandi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2 yoshli chaqaloq yuqori qizilo‘ngach toraymasida yot jism qolib ketgani sababli shoshilinch qabulxona bo‘limiga olib kelingan. Bu holat e’tiborsizlik oqibatida yuzaga kelgan.Shundan so‘ng, navbatchilikda bo‘lgan yuqori malakali shifokorlar jamoasi tezkor tibbiy yordam ko‘rsatgan. Zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida yuqori texnologik, kam invaziv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan va bolakay hayoti saqlab qolingan.
“Ayni paytda bemorning ahvoli barqaror, shifokorlar nazorati ostida qoniqarli holatda”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61308 | Инструменты