Huawei 1
Buxoroda 46 mln so‘mga fuqaroni o'qishga kiritib qo'ymoqchi bo'lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda o'qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Ma'lum bo'lishicha, fuqarolar M.H. va M.J. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ularni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi institutga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirtirib berishi evaziga jami 46 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Shuningdek, M.J. ning ushbu pullar hisobidan 17 mln so‘mini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101810 | Инструменты