Huawei 1
Buxoroda ayol 3 yoshli farzandini urib, o‘ldirib qo‘ydi

Joriy yilning 4-oktyabr kuni Buxoro viloyatining Buxoro shahrida yashovchi ayol o‘zining 3 yoshli farzandini urib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqida “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, asli surxondaryolik fuqaro doim qo‘shnilaridan o‘zini olib qochadigan, eshigini taqqilatsa, ochmaydigan ayol bo‘lgan. U juda qattiqqo‘l va mehrsiz ona bo‘lgani aytiladi.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2 - qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100823 | Инструменты