Huawei 1
Buxoroda ayolning plastik kartasidan bildirmay pul yechib olgan erkakka jinoyat ishi qo’zg’atildi

Buxoroda erkak bankomatda turgan ayolning kartasidan unga bildirmay pul yechib olgani aniqlandi.

Ma’lum bo’lishicha, Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 31 yoshli shaxs joriy yilning 12-may kuni ushbu jinoyatni sodir etgan.

U Qorako‘l tumanida joylashgan ATB “Agrobank” filiali binosiga plastik karta hisobidagi pullarni naqd pulga ayirboshlash maqsadida borgan 39 yoshli ayolning yonida navbatda turib, uning plastik karta raqamini o’ziga bildirmay ko’rib olgan.

Shundan so’ng, “qahramon” telefonidagi bukmeykerlik saytida o’yin o’ynab, unga to’lovni ayolning plastik karta hisobidan amalga oshirgan. Bu summa 1 yarim million so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tumani IIB xodimlari tomonidan ayyblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52420 | Инструменты