Huawei 1
Buxoroda fuqaroga umrbodlik nafaqa va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi

Ijtimoiy inspeksiya hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan Buxoro viloyati Shofirkon tumani mahallalarida kambag‘al oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallalarning birida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan  fuqaroning nogironlik tayinlanishi bilan bog‘liq muammosi borligi aniqlandi.

2023-yilda 6 oy muddatga 2-guruh nogironligi tayinlangan fuqaro nogironlikni uzaytirish uchun qayta tibbiy ko‘rikka borgan vaqtida, Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi Markaziy poliklinikasi shifokorlaridan biri fuqaroga nogironlik nafaqasini umrbodga qilib berishni va’da qilib, 700 AQSH dollari miqdorida “pora” talab qilgan.

Ijtimoiy inspeksiya xodimlari shifokorning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida Buxoro shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda tezkor tadbir uyushtirildi.

2024-yil 16-oktyabr kuni shifokori ish joyida 2,5 mln so‘m miqdorida pora olgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari tomonidan ushbu oila keys menejmenti dasturi doirasida baholanib, mahalla yettiligi tomonidan dastur rejasi ishlab chiqildi.

Dastur rejasiga asosan fuqaroga nogironlik belgilanishi, ish bilan ta’minlash, bog‘cha yoshiga yetgan farzandini bepul asosida maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish hamda bolalar nafaqasi tayinlanishi bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102700 | Инструменты