Huawei 1
Buxoroda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 2 a’zosi vafot etdi

Buxoro viloyatida gaz portlashi oqibatida bir oilaning 2 a’zosi vafot etdi, yana 2 nafari kuyish jarohatini oldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-noyabr kuni Jondor tumanidagi xonadonlardan birida gaz portlagan. Oqibatda oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohatini olgan, xususan 41 yoshli ota va ona vafot etgan, ularning qizlari esa kuyish jarohatini olgan.

Mazkur holat yuzasidan 22 noyabr kuni Jinoyat kodeksining  259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112819 | Инструменты