Huawei 1
1-dekabrdan boshlab xorijliklar Rossiyaga kirishda biometrik ma’lumotlarini topshirishlari shart bo‘ladi

1-dekabrdan boshlab chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyaga kirishda o‘zlarining biometrik ma’lumotlarini topshirishlari shart bo‘ladi. Hukumatning 7-noyabrdagi tegishli qarorini Bosh vazir Mixail Mishustin imzoladi.

Rossiya chegarasi orqali o‘tish punktlarida biometrik ma’lumotlarni topshirish bo‘yicha tajriba 2026-yil 30-iyungacha davom etadi.

Dastlabki bosqichda bu tajriba Moskvadagi Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy aeroportlariga hamda Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil yuk va yo‘lovchi o‘tkazish punktiga tatbiq etiladi.

2025-yil 30-iyundan boshlanadigan ikkinchi bosqich Rossiyaning barcha chegaraviy nazorat-o‘tkazish punktlarini qamrab oladi. “Garant” huquqiy portali ma’lum qilishicha, ushbu davrda mamlakatga kirayotgan har bir chet ellik fuqaro uchun raqamli profil yaratiladi.

Rossiyaga kelayotgan xorijliklar biometrik ma’lumotlarni — yuz tasviri va barmoq izlarini topshiradi.

Qarorga ko‘ra, Belarus fuqarolari, diplomatlar, konsullik xodimlari, xalqaro tashkilotlar xodimlari, diplomatik pasportlar, diplomatik va xizmat vizalari egalari, shuningdek, ularning oila a’zolari va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112819 | Инструменты