“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Qarshi shahrida joylashgan "Nurafshon" MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112819 | Инструменты