Huawei 1
28-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda endilikda «Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» paydo bo‘ladi

Korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekistonda «Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari ishga tushiriladi.

O‘zbekistonda 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan xabarga ko‘ra, 44 yoshli ayol ayni paytda Toshkent shahriga deportatsiya qilingan.

Markaziy bank pul o‘tkazmalari hajmi yiliga 10−15%ga o‘sishini prognoz qilmoqda

Markaziy bank 2027-yilga kelib pul o‘tkazmalari hajmi yiliga 10−15% o‘sishini prognoz qilmoqda.

Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish rejalari haqida ma’lum qildi.

Toshkent shahrining ko'ngilochar savdo markazlarida 5G qamrovi paydo bo'ladi

Speedtest Intelligence ma'lumotlariga ko'ra, Ucell 2024-yilning birinchi yarmida tarmoq ma'lumotlarini uzatish tezligi bo'yicha O'zbekistondagi eng yaxshi mobil operator deb topildi.

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Prezident farmoni bilan Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qurilish maydonidagi daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Deputat Qizilgul Qosimova tibbiyot xodimlarining oyliklarini oshirish masalasini ko‘tardi

Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, hukumat tibbiyot sohasi bo‘yicha “kimga va nima uchun yuqori oylik to‘lash” masalasida bosh qotirmoqda, ammo bu borada aniq reja hali ishlab chiqilmagan.

10 oyda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 5,6 milliard dollarga yetdi

Bu umumiy tashqi savdo hajmining 10,3%ini tashkil etadi.

O‘zbekiston aholisi 37,5 milliondan oshdi

O‘zbekiston aholisining doimiy soni 37 506 617 kishini tashkil etdi, ulardan 18 843 325 nafari erkaklar va 18 580 779 nafari ayollar.

Tovarlarni bojxona muhrlari ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish bo'yicha axborot tizimi joriy etiladi

Qarorga ko'ra, avtotransport vositasiga tovarlarni bojxona muhrlari va plombalari ostida tashishga ruxsat berilganligi to'g'risidagi guvohnomani olish, amal qilishini tugatish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish bo'yicha axborot tizimini joriy etish yo'li bilan hujjatlarni qog'oz nusxada talab qilishdan voz kechiladi.

Yil boshidan buyon gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 82 kishi halok bo‘ldi

2024 yil boshidan bugungi kunga qadar O‘zbekistonda gaz bilan bog‘liq jami 74 ta holat sodir bo‘ldi, oqibatda 82 kishi vafot etdi, 80 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112819 | Инструменты