Telegram postlarga pulli reaksiyalarni joriy qiladi

Telegram’ning boshlang‘ich kodida foydalanuvchilarga platformaning ichki valyutasi Telegram Stars’dan foydalangan holda pullik reaksiyalarni qoldirish imkonini beruvchi yangi funksiyaning belgilari aniqlandi. Bu haqda Telegram Info kanali xabar berdi.

Noyob "ehson" formati kanal egalariga kontentni monetizatsiya qilish va qabul qilingan "yulduzlarni" Toncoin kriptovalyutasiga aylantirish imkonini beradi. Pulli reaksiyalar oltin yulduz bilan ifodalanadi. Foydalanuvchilar bir yoki yuzlab shunday reaksiyalarni yuborishlari mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, xizmat uchta eng faol donorning profillarini ko'rish imkoniyatini beradi.

Yangi funksiyani faollashtirish uchun kanallar muayyan mezonlarga javob berishi kerak bo‘ladi, bu allaqachon kontent yaratuvchilar uchun yangilangan foydalanish shartlarida aks ettirilgan.

2024-yil iyun oyida Telegram Stars'ning joriy etilishi platforma uchun muhim qadam bo‘ldi, chunki valyuta eksklyuziv kontent va turli ichki xizmatlar uchun to‘lov uchun ishlatiladi. Foydalanuvchilar Fragment platformasi orqali Toncoin uchun "yulduzlarni" almashishlari yoki ushbu valyutadan foydalangan holda reklama sotib olishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70817 | Инструменты