Raqobat qo‘mitasi elektr quvvati ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi

O‘zbekistonda elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotganini o‘rganish uchun tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotgani va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotgani yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Qo‘mita matbuot xizmatining bildirishicha, tezkor ishchi guruh mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida tashkil etildi.

Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, “O‘zenergoinspeksiya”, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ vakillari jalb qilingan.

Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70817 | Инструменты