Huawei 1
Buxoroda oyog‘i pedalga ham yetmaydigan 12 yoshli bolaga mashinani haydashga bergan yaqinlari javobgarlikka tortildi

Joriy yilning 21 sentyabr kuni Buxoro shahridagi ikki tomonlama yo‘lda voyaga yetmagan bolaning avtomashinani boshqarib ketayotgani yo‘l harakati inspektorlarining diqqatini tortgan.

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Ulug‘bek Shukurlayevning ma’lum qilishicha, hali oyog‘i pedalga ham yetmaydigan 12 yoshli jiyaniga uning tog‘asi F.Sh. avtomashina ruli boshqaruvini o‘rgatish uchun berib qo‘yib, o‘zi videotasvirga olib ketayotgan bo‘lgan.

«Xo‘sh, nega tog‘asi jiyaniga ikki avtomobil yo‘lida unga boshqaruvni o‘rgatmoqchi bo‘layapti?  12 yoshida u maktabga avtomshinada qatnashi uchunmi, o‘zini tengdoshlariga zo‘r qilib ko‘rsatishi uchunmi, yoxud kun kelib, avtomashinani kattalardan yashirib, olib qochib ketib, alal-oqibat mudhish halokatga uchrashi uchunmi?! Ko‘p marotaba voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yo‘llarda  turli rusumdagi avtoulovlarni boshqarish holatlarining yo‘l harakati inspektorlari tomonidan aniqlanganiga guvoh bo‘lyapmiz. Biroq, har qancha ogohlantirilmasin, muhokama qilinmasin, voyaga yetmagan bolasiga avtomashina kalitini tutqazayotgan ota-onalarning o‘zi xavfni yurakdan his etishmas ekan, barisi bekor. Farzandi hayoti va sog‘ligi ota-ona uchun chindan ham qadrli bo‘lsa, ularga avtomobil rulini topshirishga shoshilmaslik kerak!» — dedi Ulug‘bek Shukurlayev.Holat yuzasidan olib borilgan o‘rganuvga ko‘ra, inspektor zudlik bilan bolaning onasi va rul boshqaruvini uning qo‘liga berib qo‘ygan tog‘asi bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, bunday holatning takrorlanmasligi va buning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirishlar bergan. Onasi va tog‘asiga nisbatan qonuniy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek,  12 yoshar bolaning Buxoro shahridagi 43-umumiiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olib kelayotgani aniqlanib, u yerda ham profilaktik tadbir o‘tkazilgan.

Tog‘asi va onasi esa yo‘l harakatiga oid qonuniy hujjatlarda bunday ko‘rsatmalar borligini bilmas edim, xabarim yo‘q edi, deya javob bergan. Bu esa, nafaqat, ularning farzandi hayotiga, balki o‘zining shaxsiy avtomashinasi bor va uni boshqarish huquqiga ega bo‘lib turib, qonun va qoidalarga e’tiborsizligi yoxud befarqligini anglatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92521 | Инструменты