Buxoro viloyati Kogon tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan Oʻrta choʻl massivi hududida nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Oʻrta choʻl massivida oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida, ushbu hududda yashovchi fuqaro D.A. oʻziga tegishli boʻlgan ov quroli bilan tegishli ruxsatnomasiz, 2 bosh Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi qirgʻovulni ovlaganligi aniqlandi.
Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 750 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 75 000 000 soʻm hisoblandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12015 | Инструменты