"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 20-24-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati 7-12о gacha, janubiy hududlarda ba’zi joylarda 15о gacha iliq bo‘ladi. Shamol tezligi ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ertaga respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik ehtimoli past. Havo harorati kechasi 0-5о iliq, kunduzi 5-10о iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni mamlakat hududiga Volga bo‘yidan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi, O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5о iliqdan oshmaydi.
Payshanba kuni kunning birinchi yarmida respublikaning faqat markaziy va sharqiy hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7о sovuq, kunduzi, 2о sovuq-3о iliqqacha, shimoliy hududlarda kechasi 8-13 о gacha sovuq, kunduzi 0-5о sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati kechasi 2-7о sovuqdan oshmaydi, kunduzi 2-7о iliqqacha, shimolda kechasi 8-13о sovuq, kunduzi 2о sovuq-3о iliq bo‘ladi.
Hafta davomida respublika bo‘ylab tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 yanvar kunlari ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. 21-22 yanvar kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtda: Bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 10-12о gacha iliq bo‘ladi.
Ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 2-4о iliq, kunduzi 8-10о iliq bo‘ladi.
Chorshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi kutilmoqda, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati 1-3о iliq bo‘ladi.
Payshanba kuni kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 4-6 о sovuq, kunduzi 1о sovuq-1о iliq bo’ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12015 | Инструменты