Huawei 1
Isroil Madrimov ringga ko‘tariladigan Usik - Fyuri II oqshomning to‘liq anderkardi eʼlon qilindi

Og‘ir vaznda WBC, WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik hamda sobiq chempion Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangining anderkardi eʼlon qilindi.

Boks oqshomi 21 dekabr kuni Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo‘lib o‘tadi. Oqshom doirasida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham o‘zining navbatdagi jangini ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi o‘tkazadi.

Boks oqshomining anderkardi:

  • Sergey Bogachuk – Isroil Madrimov
  • Muso Itauma - Demsi MakKin
  • Jonni Fisher - Devid Allen
  • Dennis MakKenn - Piter MakGreyl
  • Isaak Lou - Li Makgregor.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты