Huawei 1
O'zbekistonda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari "Reklama to'g'risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi vakolati doirasida reklama sohasida joriy yilning 9 oyi davomida olib borilgan 27 373 ta o‘rganishlarda 11 106 ta kamchiliklar aniqlangan. Quyida yuzaga kelgan holatlar yuzasidan Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tegishli taʼsir choralar ko‘rib kelinmoqda.

Andijon viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan monitoring ishlarida “ANDIJON TIBBIY DIAGNOSTIKA” MCHJ, “REAL INTELECT EFFECT” NTM, “ZAMON SILVER” MCHJ hamda “BO‘GISHAMOL GAVHARI” MCHJlarning joylashtirilgan reklamalarida amaldagi qonun va qaror talablar buzilganligi aniqlandi.

Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “REAL INTELEKT YEFFEKT” NTM va “ZAMON SILVER” MCHJlarga “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 23,24,25,26 va 47- moddalari talablari buzish alomatlari bilan ularga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, “ANDIJON TIBBIY DIAGNOSTIKA” MCHJ va “BO‘GISHAMOL GAVHARI” MCHJlarga mazkur qonunning 25 va 26-moddalari talablari buzilganligi uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Navoiy viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan 3 ta tadbirkorlik subyektlari - “NAVBAHOR CHICKEN FOOD” MCHJ, “NAVOIY GOLD CHICKEN” OK, “CHASHMI-NUR NAVOIY” MCHJlar tomonidan noqonuniy ravishda tashqi reklama vositalarini o‘rnatgan holda o‘z mahsulot va xizmatlarini reklama qilib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu tadbirkorlik subyektlarga nisbatan boshqarma maxsus komissiyasining qarori bilan belgilab qo‘yilgan moliyaviy jarima qo‘llanildi va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Namangan viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan  “NAMANGAN FLAMINGO RESTORANI” MCHJ, “KOKOBANGO” MCHJ va “CHUST TANHO MMM” MCHJlarga qarashli instagram ijtimoiy tarmoqlarida alkogol mahsulotlari, shuningdek, tamaki va nikotin isteʼmol qilish moslamalarining reklama roliklari joylashtirganligi aniqlandi.

 Boshqarma Maxsus komissiyasining qaroriga asosan mazkur 3 ta korxona tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 38, 40-moddalari buzilgan deb topildi va ularga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.

Buxoro viloyati misolida

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan 4 ta tadbirkorlik subyekti - “MEGA HOUSE STROY LYUKS” MCHJ, “AZIMED HOSPITAL” OK, “UMNAYA MALISHKA” NTM, “TURON CONSALT” MCHJlar tomonidan o‘z mahsulot va xizmatlarini noqonuniy ravishda reklama qilib kelayotganligi holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 12,16,24, 25 va 26-moddalari talablari buzilganligi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Nukus shahrida joylashgan AGTKS (metan) oldi qismida noqonuniy “Stella” reklama konstruksiyasi joylashtirilganligi yuzasidan “JAIHUN MILANA” MCHJda o‘rganishlar olib borildi. Vazirlar Kengashining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Sirdaryo viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan monitoringlarda 5 ta holatda “TEXBAZAR GROUP 001” MCHJ, “ROXON XAA” MCHJ, “FARRUH MEDIO SERVIS” XK, “KHIZMAT TRAVEL” MCHJ hamda “TIRE MAX” MCHJlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarzda, katta o‘lchamdagi tashqi reklama vositalari o‘rnatilganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan jamiyatlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi hamda 2 ta holatda “TEXBAZAR GROUP 001” MCHJ va “ROXON XAA” MCHJlarga moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Qashqadaryo viloyati misolida

Hududiy boshqarma olib borgan monitoring ishlarida “HUMO SAVDO SERVIS” XK,“MITTI FARM MED SERVIS”  MCHJ hamda “KOSON AGRO TRADING” MCHJlar joylashtirilgan reklamalarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini buzganligi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari YATT “AVLOQULOV SARVAR SULTONOVICH” hamda “OQSHOM PLAZA HOTEL” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 5-6-moddalari talablari buzilganligi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida “ORANGE MEDIA” MCHJ tomonidan tashqi reklama obyekti o‘zboshimchalik bilan noqonuniy o‘rnatilganlik holati aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, mazkur qonunbuzilish holatini 10 kunlik muddatda bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “ORANGE MEDIA” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima  qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyati misolida

Hududiy boshqarma tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan “G POWER” MCHJ, Marg‘ilon shahrida joylashgan “MARG‘ILON ISHONCH” OK hamda Qo‘qon shahrida joylashgan “O B R U--777 SALTS” MCHJlar tomonidan  “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunn talablari buzilganligi holatlari yuzasidan korxonalarga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Toshkent shahri misolida

Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasining qarori bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasi talablari buzilishi yuzasidan “RITZ UNIQUE INC” MCHJga, 38-moddasi talablariga zid ravishda tashqi reklama joylashtirgan “VERY NICE RETAIL” MCHJ va “LEGION CO” MCHJlarga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Xorazm viloyati misolida

Hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “MUSTAFA LYUKS TRAVEL” va “KHOREZM ELITE TOUR” MCHJlar tomonidan Umra ziyorati bo‘yicha berilgan reklamalarda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzish alomatlari yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты