Huawei 1
Mashhur tennischisi Rafael Nadal faoliyatini yakunladi

Mashhur ispan tennischisi Rafael Nadal sportdagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Nadal tarixdagi eng muvaffaqiyatli tennischilardan biri hisoblanadi.

Nadal 209 hafta davomida dunyoning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan, 14 marta Rolan Garros turniri bosh sovrinini qo‘lga kiritgan, 22 marta “Katta dubulg‘a" turnirida g‘olib chiqqan va ikki marta Olimpiya chempioni bo‘lgan. Tennischi o‘z karerasi davomida 92 ta yakkalik bahslarida g‘alaba qozongan.

Nadalning yutuqlari va tennisga qo‘shgan hissasi uni sport tarixidagi eng hurmatga sazovor va taniqli shaxslardan biriga aylantirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты