Huawei 1
Yer uchastkalaridan foydalanish tartibi yanada takomillashtiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida yer uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida 3 ta kodeks va 5 ta qonunlarga yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish tizimini joriy etish, ularni belgilash va o‘zgartirish tartiblari aks etmoqda. Qolaversa, aholining ko‘p sonli taklif va e’tirozlari inobatga olingan holda fuqarolar tomonidan turar joylariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik yuzasidan belgilangan javobgarlik yengillashtirilmoqda (jarima miqdori kamaytirilmoqda).

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari belgilanishiga va bundan yer uchastkalari foydalanuvchilari, ijarachilari hamda mulkdorlari xabardor bo‘lishiga, yer resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish, yer uchastkalaridan foydalanish jarayonida yer va shaharsozlik qonunchiligi o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlashga xizmat qiladi.

E’tiborlisi, davlat yer va shaharsozlik kadastrlarini yuritish tartibini takomillashtirish hamda turar joyga bo‘lgan huquqini o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik yengillashtirilishiga erishiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10814 | Инструменты