Sud hujjatlariga ko‘ra, huquqbuzar M.R. 2024 yil may oyiga qadar o‘zining yashash uyida egnidagi kiyimlarini yechib, yalang‘och holda yotib, jiyanlari, yaʼni opasining 10 va 9 yoshli qizlarini muntazam ravishda badanlarini uqalashga majburlab, ularga nisbatan nomaqbul bo‘lgan hamda shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan kamsitishda ifodalangan huquqbuzarlikni qasddan sodir qilgan.
Sudda huquqbuzar M.R o‘z ko‘rsatuvida, aybiga iqrorlik bildirmasdan, bu holat umuman bo‘lmaganligini bildirib, sobiq pochchasi bolalarni o‘ziga olishi uchun unga tuhmat qilayotganligini, suddan o‘ziga nisbatan adolatli qaror qabul qilishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.
Ammo, jabrlanuvchi qizlar tog‘asining bu ko‘rsatuvini rad etib, tog‘asi ishdan kelgan vaqtida u va singlisiga muntazam ravishda badanlarini uqalashga majburlab, agarda massaj qilishmasa janjal qilib urishib berishini, tog‘asi kiyimsiz holda bo‘lganligini, onasi havoning sovuq kunlari hovlini tozalatishini aytganligini, u va singlisi onasi bilan yashashlari kelmasligini, otasining uyida yashashni xohlashini bildirib ko‘rsatuv berdi.
Sudda huquqbuzar F.M. aybsizligi, u jiyanlariga badanini uqalashni aytmaganligi haqida vajlar keltirgan bo‘lsa-da, sud uning ushbu vajlarini javobgarlikdan qutilib qolish uchun keltirgan vajlar deb baholandi.
Sud qarori bilan F.M. MJtKning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 3 sutka maʼmuriy qamoqqa tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122807 | Инструменты