Huawei 1
Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi

Buxoro viloyatida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori  qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq 2022 yildan har 2 yilda 1 marta may oyida Buxoro shahrida Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi.

Qaror bilan festivalni o‘tkazish bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Festival haqida boshlanishidan 30 kun oldin OAVda eʼlon beriladi.

Festivalda 30 yoshgacha yakka ijrochilar hamda ijodiy jamoalarning faqat maqom asarlari namoyish etiladi.

Ijrodan raqsdan foyladanish mumkin, barcha asarlar yoddan ijro etiladi.

Festival 2 ta shartda o‘tkaziladi “Mushkilot” (cholg‘u) va “Nasr” (ashula). Festival g‘oliblari diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga