Kecha, 18-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:21 da O‘zbekistonning yangi tashkil etilgan Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo‘nalishida parvoz qilagan samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An'anaga ko'ra, samolyot suv arkasi bilan, ekipaj a'zolari va 173 yo'lovchi esa tantanali ravishda karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Centrum Air — shtab-kvartirasi Toshkentda joylashgan, 2023-yil yanvar oyida yoʻlovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan Oʻzbekistonning "loukoster" aviakompaniyasi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111701 | Инструменты